ID-kartaning afzalliklari nimada?

ID-kartaning afzalliklari nimada?

ID-kartaning afzalliklari nimada?

ID-karta O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini hamda fuqaroning shaxsini tasdiqlash bilan bir qatorda, respublikamizning barcha soha­larida muhim rol o‘ynaydi.

Jumladan:
shaxslar­ning doimiy yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida;
mavjud aholi soni statistikasini yuritishda;
hududlarning infratuzilmasini shakllantirishda;
aholiga pensiya va tibbiy ta’minot, boshqa ijtimoiy kafolatlarning ko‘rsatilishida;
davlat xizmatlari ko‘rsatishni rejalashtirishda;
mavjud resurs va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda;
aholining bandligini ta’minlashda;
qurolli kuchlarni shakllantirishda;
jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishda, eng muhimi, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Chiroqchi tuman IIB 1-sonli IIB IM va FRG boshlig`i B.B.Sharipov