Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) Ijrochi kotibi Tatyana Molchan bilan uchrashdi.

“BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YIK) Ijrochi kotibi Tatyana Molchan xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — BMT bilan birgalikda milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini batafsil muhokama qildik. Oʻzbekistonning barcha sohalarda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan saʼy-harakatlarini doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun BMT YIKga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz”.

Eslatib oʻtamiz, YIK rahbari 2-3-may kunlari boʻlib oʻtayotgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan edi.