Hukumat hamda investorlar oʻrtasida ochiq va samarali muloqotning yoʻlga qoʻyilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir — Shavkat Mirziyoyev

Hukumat hamda investorlar oʻrtasida ochiq va samarali muloqotning yoʻlga qoʻyilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir — Shavkat Mirziyoyev

“Hukumat hamda investorlar oʻrtasida ochiq va samarali muloqotning yoʻlga qoʻyilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir.

Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, oʻz oldimizga aniq rejalarni qoʻyishga va saʼy-harakatlarimizni yanada uygʻunlashtirishga chaqiraman”, — dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari kengash doirasida toʻrtta yoʻnalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni toʻliq amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.

Birinchidan, kapital bozorini rivojlantirish. Bu yoʻnalishda xorijiy investorlarning talablariga toʻla javob beradigan xalqaro moliya markazini rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni keng jalb etishga asosiy eʼtiborni qaratish lozimligi taʼkidlandi.