Toshkent shahrida may oyida ham issiq suv taʼminoti 4 kunga o‘chiriladi

Toshkent shahrida may oyida ham issiq suv taʼminoti 4 kunga o‘chiriladi

Toshkentda issiq suv taʼminotining bahorgi rejalashtirilgan toʻxtashlari may oyida ham davom etadi, deb xabar bermoqda “Veolia Energy” matbuot xizmati.

Aniqlik kiritilishicha, mutaxassislar taʼmirlash ishlarini, jumladan, klapanlarni almashtirish, tarmoq nasoslarini toʻliq tekshirish va almashtirish, elektr taʼminoti tizimlarini tekshirish, qozonxonalarning quvurlari va tegishli jihozlarini demontaj qilish va oʻrnatish, shuningdek, profilaktika ishlarini olib boradilar.

Oʻchirishning toʻliq jadvali (sana va manzillar) bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.