Oʻzbekiston transport sohasida nazorat organlari Polshada qoʻshma reyd oʻtkazdi

Oʻzbekiston transport sohasida nazorat organlari Polshada qoʻshma reyd oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Polsha Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif davomida Polsha avtotransport inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida qoʻshma reyd tadbirlari oʻtkazildi va polshalik hamkasblarning vazn va hajm parametrlari, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, shuningdek, xalqaro yuk tashish va xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayoni boʻyicha tajribasi oʻrganildi.

Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Transport nazorati inspeksiyasi va Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.