Jizzaxda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirib qo‘ydi

Jizzaxda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirib qo‘ydi

Jizzax viloyatidagi maktabda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchilarini jazolash maqsadida ularga stul ko‘tartirib qo‘ydi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mazkur voqea kecha, 22 aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 1-«A» sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida 1999 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi R.T. o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. U 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qizni darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelgani tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarini ko‘tarishga majbur qilgan. Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.