«Parij-2024» Olimpiadasiga yana 5 ta yoʻllanma qoʻlga kiritildi

«Parij-2024» Olimpiadasiga yana 5 ta yoʻllanma qoʻlga kiritildi

Yaponiyada baydarka va kanoe, Janubiy Koreyada akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo litsenzion turnirlari nihoyasiga yetdi.

Ushbu musobaqalarda baydarka va kanoechilarimiz «Parij-2024» Olimpiada oʻyinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilarimiz esa 2 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlishdi. Jumladan, baydarka va kanoe boʻyicha Yekaterina Shubina (K1 500 metr), Nilufar Zokirova (C1 200 metr), Shahriyor Mahkamov (K1 1000 metr), akademik eshkak eshish boʻyicha, Anna Prakaten (W1x), Shahzod Nurmatov, Sobir Safaraliyev (LM2x) yoʻllanmalarga ega chiqdi.