Senat Raisi Qashqadaryoda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi Qashqadaryoda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “mahalla yettiligi” hamda mahalliy kengashlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turipti.

T.Narbayeva Koson tumanida Xalq deputatlari Koson hamda Muborak tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuvda asosiy eʼtibor mamlakatimiz Prezidentning “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarga qaratildi.

Xususan, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlik nazorati institutidan samarali foydalanish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shu bilan birga aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Qarshi tumani “Yertepa” MFYda ham hududdan saylangan mahalliy Kengash deputatlari bilan muloqot o‘tkazildi. Unda aholini munosib ish bilan taʼminlash, mahallalardagi ijtimoiy masalalarni hal etishga ko‘maklashish, mahalliy Kengash sessiyasi hamda doimiy komissiyalar muhokamasiga dolzarb masalalarni olib chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.