Prezidentlar Oʻzbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar Oʻzbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Oʻzbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdilar.