Toshkentdagi maktabda birinchi sinf o‘quvchilarining badaniga igna tiqib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi maktabda birinchi sinf o‘quvchilarining badaniga igna tiqib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o‘rta maktab 1-“Ye” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“Ye” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.

Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o‘quvchilar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.

1-“Ye” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatildi.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.