Ichimlik suvi bo’yicha debitor qarzdorlik necha so‘mni tashkil etmoqda

Ichimlik suvi bo’yicha debitor qarzdorlik necha so‘mni tashkil etmoqda

Joriy yil I-chorak yakuni holatiga respublika bo‘yicha debitor qarzdorlik jami 979,9 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.

2024 yil yakuniga qadar davlat byudjetidan ajratilgan 1 trln 40 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 141 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Joriy yil I-chorak yakuni bo‘yicha 230,2 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 192,9 km ichimlik va 45,2 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 4 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Shunigdek, Investitsiya dasturi doirasida 76 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ajratilgan 909 mlrd so‘m mablag‘dan I-chorak yakuni holatiga 213,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilib, 170,5 km ichimlik va 23 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 2 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, yangi tashkil etilayotgan Sanoat zonalaridagi 12 ta obyektda tashqi ichimlik va oqova suv tizimlarni barpo etish uchun Davlat byudjetining 47,1 mlrd so‘m mablag‘i hisobidan 4,3 km ichimlik va 11 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosat bayoniga asosan, joriy yilda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun 53 ta obyektda umumiy qiymati 84 mlrd so‘mlik ishlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 9,3 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 18,1 km ichimlik va 11,2 km oqova suv tarmoqlari hamda 2 ta oqova suv inshootida qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida jami 308,2 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 20 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, I-chorak yakuni bo‘yicha 49,8 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib belgilangan reja 102,2 foizga bajarilishi taʼminlandi.

O‘zlashtirilgan mablag‘larning asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (21,3 mln doll.), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (10,4 mln doll.), Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki (5 mln doll.), OPEK jamg‘armasi (3,5 mln doll.) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hududlar bo‘yicha: Toshkent (15,8 mln doll.), Namangan (6,9 mln doll.), Buxoro (5 mln doll.), Toshkent shahar (8,5 mln doll.) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,5 mln doll.) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilda jami 452 km ichimlik va 110 km oqova suv tarmog‘i hamda 8 ta ichimlik va 1 ta oqova suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. 2024 yil I- choragida 120 km ichimlik va 28,9 km oqova suv tarmog‘i qurildi.

2024 yil I-chorak yakuni bo‘yicha jami 86,9 mln m3 hajmda, jumladan 51,8 mln m3 aholiga va 35,1 mln m3 yuridik isteʼmolchilarga ichimlik suvi yetkazildi.

Maʼlumot uchun, aholi 745,5 mlrd so‘m va 234,4,4 mlrd so‘m yuridik isteʼmolchilari.

“O‘zsuvtaʼminot” AJ va uning hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan 106 ta bino va inshootlarga jami 714,5 kVt li quyosh panellari o‘rnatilib, 2024 yil I-chorak yakuniga ko‘ra 351 mln so‘mlik elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi.

Joriy yilning I-chorak yakuni bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat xizmati tomonidan 34 ta o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan korrupsion vaziyatlar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari jami 3 553 tani tashkil etib, ularda 29,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, hisobot davri yakuni bo‘yicha jami 7 715 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 76,6 foizi ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlar yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvar holatida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangganlik darajasi 77,2 foizni tashkil etadi.

Taʼkidlash joizki, ichimlik suvi tariflari arzonligi undan xo‘jasizlarcha foydalanish, ichimlik suviga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish omillaridan biri hisoblanadi. Sohadagi mavjud vaziyat aholini suv bilan taʼminlash masalalarida bozor narxlari mexanizmlariga o‘tish zaruratini taqazo qildi. Bu esa sohaga investitsiyalarni jalb etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish imkonini beradi. Bularning barchasi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash bo‘yicha xizmatlar sifatiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.