Fargʻonada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgani aniqlandi

Fargʻonada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgani aniqlandi

Fargʻona viloyati prokuraturasi, IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, fuqaro А.U. tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Qoratepa Dasht qishlogʻi hududidagi yashash xonadonida tijorat maqsadlarida noqonuniy ohak sexi tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 69,4 mln soʻmlik 46,2 ming metr kub gazni yashirin ravishda oʻgʻirlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2024-yil 14-aprelda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, А.U. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.