ISHID a’zosi bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

ISHID a’zosi bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

Taqiqlangan diniy ma’ruzalarni eshitib, jihod qilish uchun Suriyaga chiqib ketgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi Sharif Ubaydullayevga nisbatan ham qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharif Saidarkamovich Ubaydullayev 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi hisoblanadi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ubaydullayev ekstremistik oqim a’zolari Abdulloh Zufar va Sodiq Samarqandiylarning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan diniy ma’ruzalarini internet orqali eshitib, ularning ta’siriga tushib qolgan.

U 2021 yil 30 avgust kuni Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan Iroq va Shom Islom davlati (ISHID) tashkilotiga qo‘shilish maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga uchib, u yerdan Suriyaga o‘tgan va hozirda Idlib shahrida ekanligi aniqlangan.

Sharif Saidarkamovich Ubaydullayevga nisbatan 2022 yil, 15 iyun kuni Ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244 prim 2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.