Turkiya 20-apreldan eʼtiboran Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qiladi

Turkiya 20-apreldan eʼtiboran Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qiladi

2024-yil 20-apreldan eʼtiboran Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga kirishlari uchun viza rejimi joriy qilinadi.

“Xovar” Tojikiston milliy axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, 6-aprel kuni Turkiya tomoni Tojikistonni diplomatik kanallar orqali ushbu tartib haqida rasman xabardor qildi.

“Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi fuqarolari 20-apreldan eʼtiboran ushbu davlatga borishdan oldin viza olishlari kerak, — deya aniqlik kiritadi “Xovar” MAA. — Ilgari Tojikiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirishlari va u yerda 90 kungacha qolishlari mumkin edi”.

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimiz fuqarolari Turkiyaga hali ham vizasiz kirishlari va u yerda 90 kungacha qolishlari mumkin.