2024-yilning ikki oyida Oʻzbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingan maʼlum boʻldi

2024-yilning ikki oyida Oʻzbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingan maʼlum boʻldi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 383,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17 553 dona yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Bu davrda Xitoydan 12 808 ta, Janubiy Koreyadan 4 176 ta, AQSH 455 ta, Yaponiya 29 ta, Germaniya 27 ta mashina olib kelingan.

Yengil avtomobillarning importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12 527 taga oshgan.