Buxoroda “II Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” boʻlib oʻtadi

Buxoroda “II Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 3-5-may kunlari Buxoro shahrida “II Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” oʻtkaziladi.

Festivalning maqsadi, zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishlarida faoliyat olib boradigan, soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshayotgan tajribali va iqtidorli hunarmandlarni kashf qilish, nodir va yoʻqolib borayotgan sanʼat asarlarini asrab-avaylash, tiklash, eng ilgʻor amaliy dasturlarni targʻib qilish, yosh avlodga ushbu hunarni oʻrgatgan holda viloyatlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, xalqaro miqyosda milliy brendni yaratish va ommalashtirishdan iborat.

Xalqaro festival davomida turli taqdimotlar, koʻrgazmalar, musiqali teatr namoyishlari va koʻngilochar dasturlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, anjuman doirasida qadimiy shaharda “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼati rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.