“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi qarzini 2026 va 2028-yilgacha boʻlib toʻlashga kelishdi

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi qarzini 2026 va 2028-yilgacha boʻlib toʻlashga kelishdi

Shu yilning 7-fevral kuni FIFA “Bunyodkor” sobiq futbolchilari Rivaldo va Denilson shikoyatlari boʻyicha qayta ish ochgan boʻlib, oradan 15 kun oʻtib klub futbolchilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarishi lozimligi toʻgʻrisida qaror chiqargandi.

OFK litsenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31-mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bogʻliq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30-mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada Bunyodkor litsenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.

“FIFA qaroriga koʻra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7-aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga koʻra toʻlanishi lozim boʻlgan summalar sezilarli koʻrinishda kamaytirildi. Qoʻshimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga boʻlib toʻlanadigan boʻldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan boʻldi”, deyiladi klub rasmiy xabarida.

Xabarda qarzdorlik qanchaga kamaytirilgani va qolgan qarzdorlik miqdoriga aniqlik kiritilmagan.