Yer islohotlari: Boltiqbo‘yi mamlakatlari misolida

Yer islohotlari: Boltiqbo‘yi mamlakatlari misolida

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Boltiqbo‘yi mamlakatlari (Litva, Latviya, Estoniya) misolida yer islohotlarini o‘tkazish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgandi.

Litva, Latviya va Estoniyada yer islohotlaridan ko‘zlangan umumiy maqsad xususiy mulkchilikka asoslangan yerga egalik qilish tuzilmasini tiklash edi.

Litvada restitusiya ilgarigi oilaviy yer-mulklarni qaytarish, boshqa yer yoki kompensatsiya (ya’ni pul) berish orqali amalga oshirilishi mumkin edi.

Islohot 150 gektargacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarini va 25 gektar o‘rmonni qaytarishni ko‘zda tutardi. Buning natijasida 2008-yilga kelib, qishloq joylarda yerlarning 97 foiziga egalik huquqi tiklandi.

Latviyada sobiq yer egalariga yoki ularning merosxo‘rlariga dastlabki yer-mulki qaytarib berildi, boshqa yer-mulk yoki kompensatsiya mablag‘i taklif qilindi. Eng yuqori chegara, ya’ni 100 gektargacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari qaytarildi.

Estoniyada yer islohotlari nafaqat restitusiyani, balki yerlarni xususiylashtirish va mahalliy hokimiyatlarga berishni ham qamrab oldi. Bu esa jarayonni murakkablashtirdi.