“G‘am Instagram’da emas, qalbda bo‘lishi kerak.” Alla Pugachyova Moskvadagi terakt haqida

“G‘am Instagram’da emas, qalbda bo‘lishi kerak.” Alla Pugachyova Moskvadagi terakt haqida

Rus primadonnasi, qo‘shiqchi Alla Pugachyova Moskva yaqinidagi «Krokus» konsert zalida sodir etilgan terakt haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasiga post joyladi.

Pugachyova kinoya aralash: “G‘am Instagram’da emas, qalbda bo‘lishi kerak, omin”, deb yozgan.

Ma’lumot uchun, bir kun avval Pugachyova asli tojikistonlik xonanda Manijaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qoldirgan izohi tufayli tanqid qilingan edi. U Manijaning «Krokus»dagi terakt munosabati bilan yozilgan videomurojaati ostida «Kechir», deb yozgandi.