Qozogʻistonda nosvoy sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Qozogʻistonda nosvoy sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Hozirda nosvoy sotish uchun 2,5 million soʻmdan ortiq miqdorda jarima solish tarzidagi maʼmuriy jazo qoʻllaniladi.

Biroq endilikda nosvoy va snyus ishlab chiqarish va sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda politsiya aholi orasida nosvoy isteʼmolini oldini olish va savdo nuqtalarini aniqlash boʻyicha ish olib bormoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu moddani osonligi va arzonligi uni hatto oʻsmirlar orasida ham juda ommabop qildi. Tamaki va ohak aralashmasini isteʼmol qilish ovqat hazm qilish tizimi saratoni, tish va milklarning surunkali kasalliklarini keltirib chiqaradi.