Qashqadaryo viloyati Qorabayir otchilik majmuasida Milliy gvardiya kubogi musobaqasiga start berildi

Qashqadaryo viloyati  Qorabayir otchilik majmuasida Milliy gvardiya kubogi musobaqasiga start berildi

Joriy yilning 15-16 mart kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi ot sportining to‘siqlardan sakrash, polo, ot ustida kurash va olomon poyga turlari bo‘yicha  o’tkazilishi rejalashtirilgan Milliy gvardiya kubogi musobaqalariga start berildi.

Unda Milliy gvardiya Toshkent shahar, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari Chavandozlar maktablari, Qorabayir otlari mahorati maktabi hamda Qashqadaryo Qorabayir otchilik majmuasining jamoalari o’zaro bellashishadi.