Isroil Madrimovga prezident sovgʻasi – “Chevrolet Tahoe” avtomobil topshirildi

Isroil Madrimovga prezident sovgʻasi – “Chevrolet Tahoe” avtomobil topshirildi

Professional boksda oʻz faoliyatini olib borayotgan bokschimiz Isroil Madrimov oʻtgan hafta super yarim oʻrta vaznda WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan edi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida vakilimizga rossiyalik yengilmas bokschi Magomed Qurbonov (25 jang, 25 gʻalaba)ni 5-raundda nokautga uchratgandi.

Bugun, bokschimiz Oʻzbekistonga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari va sportchining yaqinlari tantanali tarzda kutib oldilar.

Tadbirda Isroil Madrimovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi sifatida “Chevrolet Tahoe” mashinasi topshirildi.