Oʻzbekiston oʻzining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

Oʻzbekiston oʻzining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Tether kompaniyasi Oʻzbekistonda kripto-aktivlar va blokcheyn infratuzilmasi sohasida texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻzaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.

Hujjatga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda hamkorlik qiladi.

Oʻzaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kripto-aktivlar texnologiyalari sohasida aholining xabardorligi va savodxonligini oshirish maqsadida taʼlim tashabbuslari sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan boʻladi.

“Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida Oʻzbekistonning raqamli valyutasini yaratish boʻyicha hamkorlik qiladi”, deyiladi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabarida.