Gʻuzorda “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi

Gʻuzorda “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi

Keksalarni qadrlash, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, mazmunli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri hisoblanadi. Eʼtiborlisi, bugun bu jihat davlatimiz tomonidan nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarda ham oʻz aksini topmoqda.

Gʻuzor tumani markazida barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega yangi “Nuroniylar maskani”ning foydalanishga topshirilishi ham bu boradagi ishlarning yana bir namunasi boʻldi.

— Bu yerda biz nuroniylarning mazmunli dam olib, vaqtimizni chogʻ oʻtkazishimiz uchun barcha qulayliklar yaratilgan, — deydi mehnat faxriysi Xusniddin Nuriddinov. — Kutubxona, choyxona, maʼnaviyat, tibbiyot, dam olish xonalari, sport-sogʻlomlashtirish zali, shaxmat-shashka stoli — barchasi muhayyo.

Maskanning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektor rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.