Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtiriladi

Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-913-son, 27.02.2024 y.) bilan Bojxona kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlashga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojxona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillari soddalashtirildi.