Yangi hafta dollar kursi tushishi bilan boshlanadi

Yangi hafta dollar kursi tushishi bilan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,00 so‘mga tushib, 12 490,00  so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 64,50 so‘mga pasayib, 13 510,43 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rublining qiymati ham 0,31 so‘mga tushib, 134,00 so‘mni tashkil etdi.