2024-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi

2024-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova maʼlum qildi.

Shundan meva-sabzavot 2,5 mlrd dollarga va boshqa oziq-ovqat mahsulot eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Bunda meva eksportini 45 foizga, sabzavotni – 50 foizga, poliz ekinlari eksportini – 36 foizga, uzumni – 2,2 barobarga va dukkakli mahsulotlar eksportini

32 foizga koʻpaytirish uchun choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, mahsulotlar eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yoʻnaltiriladi.

Maʼlumot uchun, 80 ta davlatga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olingan. 2023-yilning oʻzida 12 ta davlatga 23 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlar olindi. Agentlik tomonidan bu yoʻnalishdagi ishlar ham davom ettiriladi.