“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlardan foyda soligʻi olinmaydi

“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlardan foyda soligʻi olinmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quvvati 300 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.