Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi  

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi  

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi  tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B. va S.S. noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 3 xil turdagi 2 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro Q.D.ga 36,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 5 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.