Alisher Sa’dullayev lavozimidan ozod etildi

Alisher Sa’dullayev lavozimidan ozod etildi

Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Alisher Sa’dullayev lavozimidan ozod etildi!

A.Sa’dullayev Vazirlar Mahkamasi huzuriga o`tkazilgan.  Yoshlar ishlari agentligi direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Alisher Sa’dullayev 2017 yilda prezident nazariga tushib, Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan va eng yosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Keyinchalik 2018 yilda Yoshlar ittifoqi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi, bir yil o‘tib, ittifoqqa raislikka tayinlandi. 2020 yildan beri esa Yoshlar ishlari agentligi direktori sifatida ishlab kelmoqda.