Sunʼiy intellektga ega “Siri” “iOS18”da ishga tushiriladi

Sunʼiy intellektga ega “Siri” “iOS18”da ishga tushiriladi

Hech kimga sir emaski, “Apple” faol ravishda “Siri” asosida “ChatGPT” raqobatchisini ishlab chiqmoqda, biroq soʻnggi yillarda kompaniya bu poygada ancha orqada qolgan.

Tahlilchilarning fikricha, gap “Apple”ning innovatsion yondashuvi bilan bogʻliq boʻlib, bu koʻproq vaqtni talab etadi:

Qurilmaning oʻzida maʼlumotlar almashinuvi: “ChatGPT” va uning analoglari soʻrovlarni masofaviy serverlarda qayta ishlaydi, ”Apple“ esa barcha sozlamalarni qurilmaning oʻzida bajarishga intilmoqda. Bu nafaqat javob berish vaqtini tezlashtiradi, balki xavfsizlikni ham oshiradi.

Video va audioni qayta ishlash: “Apple” sunʼiy intellekti nafaqat matn, balki audio va video bilan ham ishlay oladigan boʻladi.

“Apple” sunʼiy intellektga ega mutlaqo yangi ”Siri“ning birinchi namoyishini iyun oyida boʻlib oʻtadigan “WWDC” konferensiyasida oʻtkazishi mumkin.