Bugun ba`zi joylarda qor, ayrim hududlarda esa yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Bugun ba`zi joylarda qor, ayrim hududlarda esa yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qor yog`adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.