Toshkent viloyatidagi yo`llarda harakatlanayotgan avtomabillar yonib ketyapti, bunga nima sabab bo`lmoqda

Toshkent viloyatidagi yo`llarda harakatlanayotgan avtomabillar yonib ketyapti, bunga nima sabab bo`lmoqda

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi metan zapravkada “Jiguli”da yong‘in chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 13-yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro G.K. ga tegishli bo‘lgan “Vaz2107” rusumli transport vositasiga gaz quyish vaqtida kelib chiqqan.

Natijada avtomobil qisman yongan. Ushbu yong‘in natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.