Dam olish kunlari respublikaning ko‘p viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilindi. Viloyatlarning ayrim joylarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
«O‘zgidromet» 14-16 yanvar kunlari O‘zbekiston viloyatlarida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15–16 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi va kunduzi –5…–10 daraja, 15 yanvarda kechasi –9…–14 daraja, kunduzi –3…–8 daraja, 16 yanvarda kechasi –7…–12 daraja, kunduzi 0…–5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +8…+13 daraja, 15 yanvarda kechasi 0–5 daraja, kunduzi 0…+5 daraja, 16 yanvarda kechasi 0…–5 daraja, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 14 yanvarda kechasi va kunduzi –5…–10 daraja, 15 yanvarda kechasi –9…–14 daraja, kunduzi –3…–8 daraja, 16 yanvarda kechasi –7…–12 daraja, kunduzi 0…–5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +8…+13 daraja, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0…+5 daraja, 16 yanvarda kechasi –3…+2 daraja, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14 yanvarda ayrim joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +15…+20 daraja, 15 yanvarda kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +7…+12 daraja, 16 yanvarda kechasi –2…+3 daraja, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +9…+14 daraja, 15 yanvarda kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +3…+8 daraja, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +3…+8 daraja, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0…–5 daraja, 16 yanvarda kechasi –2…–7 daraja, kunduzi –3…+2 daraja bo‘ladi.