Toshkentning oltita tumanida tabiiy gaz vaqtincha toʻxtatildi

Toshkentning oltita tumanida tabiiy gaz vaqtincha toʻxtatildi

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati xabariga koʻra, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek, Sergeli, Yangihayot, Bektemir, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 19 iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

 Mirzo Ulugʻbek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Shoʻrtepa, Sh.Burxon, Sh.Burxon 1-berk, Charagʻon koʻchalari;
— Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Xonobod” MFY;
— Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yorqin hayot” MFY;
— Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Gulbogʻ” MFY;
— Yunusobod tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Minor”, “U.Shirin” va “Toʻraqoʻrgʻon” MFYlari;
— Shayxontohur tumani (10:00 dan 20:00 gacha): KXAY koʻchasi;

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.