#ERI
Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?
✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish
ERI qanday olinadi?
e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.
Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining «Elektron raqamli imzo» bo’limi orqali skanerlash va Face ID-dan o’tish kerak.
ERI qancha turadi?
▫️Yuridik shaxslar uchun — BHMning* 10%i (37 500 so’m),
▫️jismoniy shaxslar uchun — BHMning 7%i (26 250 so’m).
*1 BHM = 375 000 so’m