Til-millat ruhi

Til-millat ruhi

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovining respublika bosqichi boshlandi

✅ “21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

➖ Maʼlumki, tanlovning hududiy saralash bosqichlari 16-20-sentabr kunlari oʻtkazildi va bunda ishtirokchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus bot orqali roʻyxatdan oʻtib, video-taqdimotlarini yuborishdi.

⚡️ Bugun poytaxtimizdagi 191-maktabda tanlovning respublika bosqichiga start berildi. Unda hududiy bosqichlarda gʻolib deb topilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maktablarining 2 nafardan ona tili va oʻzbek tili fani oʻqituvchilari ishtirok etadi.

Tanlov gʻoliblari ertaga — 18-oktabr kuni quyidagi tartibda taqdirlanadi:

➖ 1-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. soʻm pul mukofoti;
➖ 2-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
➖ 3-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

👉 Maʼlumot uchun: 17-18-oktabr kunlari Toshkent shahridagi 191- va 196-maktablarda “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Oʻzbek tili” va “Ona tili” fanlaridan mahorat darslari ham tashkil etilmoqda.