Shakardan shirin, foydali va shifobaxsh o‘simlik — steviya
🌱 Insoniyatga XV asrdan buyon ma’lum bo‘lgan, dunyo bozorida xaridorgir mahsulot hisoblangan svetiya o‘simligi 1986-yildan buyon yurtimizda ham yetishtirib kelinadi.
✅Bu o‘simlik shakarga nisbatan 150 barobar shirinligi bilan ajralib turadi. O‘simlikni qayta ishlashdan olinadigan rebadiozid moddasi bilan esa 300 barobargacha shirin hisoblanadi.
✨Shakarning o‘rnida iste’mol qilish uchun muqobil tanlov bo‘lgan ushbu mahsulot:
– immunitetni oshirish;
– qandli diabetni davolash;
– miya qobig‘ini tetiklashtirish;
– moddalar almashinuvini yaxshilash;
– me’da-ichak yo‘llari faoliyatini ham yaxshilash;
– shakardan farqli ravishda tanadagi ortiqcha yog‘larni parchalash kabi bir qator foydali xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
✅Qolaversa, o‘simlik barglari va yosh poyasidan tayyorlangan damlama hamda spirtdagi eritmasi bosh og‘rig‘i, gripp, O‘RVI, shuningdek xotin-qizlarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi.
🌲 Ko‘rinishidan yalpizni eslatib yuboradigan ushbu o‘simlikni nafaqat dala, balki uy sharoitida ham yetishtirish mumkin.