#ijtimoiy_soliq #YTT
❗️Bugun – YTT tomonidan oktabr oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni
Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 375 000 so‘m;
🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 187 500 so‘m;
🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 375 000 so’m;
🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 375 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 187 500 so‘m.
Ijtimoiy soliq to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
▪️har oyda to’laydiganlar 15 sanadan kechiktirmay;
▪️yilda 1 marta to’laydiganlar 1 dekabrgacha.
👉 Soliq kodeksi 408-modda