Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi

Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi

Marralar qanchalik baland olinmasin, loyihalar nechog‘li istiqbolli bo‘lmasin, Vatanni sevadigan, chin yurakdan mehnat qiladigan fidoyi insonlarsiz ularni amalga oshirish imkonsiz. Respublikamiz bo‘ylab ishchi guruh a’zolari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasining “Ma’naviyat va maьrifat markazi”da harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun “Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi” nomli seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida namunali harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlariga Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarining “Tashakkurnoma”lari, topshirildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning farzandlariga “Mening armiyam mening faxrim” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy san’at asari ko‘rik – tanlovining faol ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa Namangan shahar tibbiyot birlashmasi 8-Oilaviy poliklinikasida Sog‘lom avlod uchun Xalqaro fondi bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. 45 nafar harbiylarning turmush o‘rtoqlari, 27 nafarining farzandlari yesa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida xonadonlariga tashrif buyurib, kerakli tavsiyalar berishdi.