AOKAda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.
Prezident maktablarining 13 tasi (93 foizi) SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini oʻtkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi.
Prezident maktablari bitiruvchilarining 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Prezident maktablari bitiruvchilari dunyo reytingida TOP–10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology”, “Garvard” hamda “Princeton” universitetlarining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritishdi.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida tanlov fan sifatida 8-sinflar uchun Kembrijning “Jahon tarixi” fani tajriba-sinovdan oʻtkazilmoqda.
Ijod maktablarining 223 nafar bitiruvchilaridan 83 foizi (187 nafari) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritishgan.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-11-sinflar uchun “Ijodiy matematika” oʻquv qoʻllanmasi va 6-sinflar uchun “Avval matematika” masalalar toʻplami ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Ijod maktablarida “Maxsus fan” sifatida 10-11-sinflar uchun oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, “Xalq ogʻzaki ijodi”, “Adabiy jarayon”, “Adabiyot qoidalari”, “Publitsistika”, “Dramaturgiya” kabi fanlarning oʻqitilishi joriy etildi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi.