Putin kibermudofaa sohasidagi muammolarni hal qilish uchun Federal Xavfsizlik Xizmati raqamli rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi olimlar va biznes vakillari bilan faol hamkorlik qilishga, shuningdek, Rossiyaning kvant texnologiyalari va sunʼiy intellektni rivojlantirishdagi yutuqlaridan foydalanishga chaqirdi.
Shuningdek, Rossiyadagi har bir davlat idora, muassasa va tizimli ahamiyatga ega tashkilotlarga IT-xavfsizlik boʻlinmalarini, jumladan, kompyuter hujumlarini aniqlash va bartaraf etish boʻlimlarini yaratish topshirildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Rossiyaning ilmiy va texnologik rivojlanish strategiyasini yangiladi va bu strategiya 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun tasdiqlandi. Fan, texnika va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali tizimini shakllantirish, ilmiy ishlanmalar uchun infratuzilma va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash imkoniyatlarini yaratish Strategiyaning asosiy maqsadlari qatoriga kiradi.