O‘zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik va uning sabablari

O‘zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik va uning sabablari

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik va uning sabablarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi.

Ayollar orasida ishsizlikning eng past ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (7,9 foiz), Namangan (11,9 foiz) va Toshkent (12,8 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha ishsiz ayollar portreti shakllantirildi:

Ishsiz ayollarning o‘rtacha yoshi — 32 yosh.

Ayollar orasidagi ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi 3-yilni tashkil etadi.

Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, ayollarning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi ularning ishlash ehtimolini 0,99 foizga oshiradi, oilali bo‘lish esa ishlash ehtimolini 1,35 foizga pasaytiradi. Ayol yoshining kattalashishi uning ishlash ehtimolini 0,08 foizga oshiradi.

Ishsiz ayollar va tug‘ilishlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik koeffisiyenti 0,79 ga teng bo‘lsa, nikohlar bilan bog‘liqlik 0,73 ga teng.

Batafsil