Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Monitoring natijalari 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*. Shunday qilib, karamning narxi 31,4 foiz, bodringning narxi 19,8 foiz, kungaboqar yog‘ining narxi 9,7 foiz, mol go‘shtining (file) narxi 8,3 foiz pasaygan.
4 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, makaron, banan va shakar.
6 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha lavlagi yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.
*tahlil 6-mart va 8-fevral kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.