Farg‘onada noqonuniy qurol-yarog‘ saqlagan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Rishton tumani “Qoshqayron” MFY hududida yashovchi fuqaro Q.M.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uy yotoqxonasidan 1 dona 2 stvolli, 16 kalibrli, qirqma ov quroli va 1 dona 4,5 kalibrli, pnevmatik vintovka borligi aniqlangan.
Shuningdek, avtomashina garajida 160 dona 5,6 kalibrli ov quroli o‘q-dorilari, 33 dona ov qurolining yarim tayyor o‘qlari, 1 500 dona ov quroli sochma o‘qlari va 500 dona kapsullar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.