“Pokiston xalq partiyasi” hamraisi Osif Ali Zardoriy Pokistonning yangi prezidenti etib saylandi.
Osif Ali Zardoriy hukmron koalitsiyadan yagona nomzod edi.
Saylovlar davomida u muxolifat nomzodi Mahmud Xon Achakzayni magʻlub etdi va uni Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning “Tehrik-e-Insaf” (Adolat uchun Harakat) siyosiy partiyasi qoʻllab-quvvatlagandi.
Zardoriy shanba kungi ovoz berishda hukmron koalitsiyadagi partiyalar qoʻllab-quvvatlagan holda parlament va barcha toʻrt viloyat majlislarida 411 saylovchilar ovozini qoʻlga kiritdi.
Bungacha Pokistonda “Pokiston Tehrik-e-Insaf” partiyasi aʼzolari oʻz yetakchisi, sobiq bosh vazir Imron Xonning neyron tarmoq orqali yaratilgan ovozidan foydalanib, soʻnggi parlament saylovlarida gʻalaba qozonganini eʼlon qilgan edi. Xonning oʻzi hozir qamoqda, korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosini oʻtamoqda.