Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi Furqat Abduqodirov maʼlum qildi.
Hozirgi kunda ushbu obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Navoiy va Andijon viloyatlarida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Joriy yilda manzilli dasturga kiritilgan obyektlarning 58 foizi, yaʼni 46 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
Ushbu olib borilgan ijobiy ishlar natijasida sel-toshqin va koʻchki xavf ostida qolayotgan 3 587 ta yakka tartibdagi xonadonlar, 38 ta ijtimoiy soha obyektlari, 18 ta texnik obyektlar va 6 497 Ga ekin maydonlari toshqin suvlari, sel oqimlari va koʻchki xavflaridan muhofaza qilishga erishiladi.