Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa, Xorazm viloyatining Xiva, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanlarida yangi hokimlar tayinlandi.
Jumladan, Anvarjon Abdullayev Qoʻshtepa tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgandi.
Sardor Polvonov Xiva tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Koʻkdala tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.