Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor profilaktik chora-tadbirlar davomida 35 nafar uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslarning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlar oʻtkazildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlarda ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.