Subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.H. fuqaro N.T.ga o‘zini go‘yoki Sariosiyo tumani fermerlar va tomorqa yer egalari kengashi bosh mutaxassisi deb tanishtirib, tumanning “Terakzor” mahallasi va “Jarobod” qishlog‘i aholisiga subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishi evaziga undan 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.